


| “КЕЛИННОМА” |
| Maqolani o'qishdi: 129 | 25-04-2013, 14:44 | Sharhlar: 0 | Turkim: Yangiliklar | |||||
Сизга тақдим этилаётган ушбу китобдаги мавзу бир қарашда жузъий кўринса-да, аслида уни синчиклаб ўқисангиз, ундаги фикрлар эндигина турмушга чиқаётган қизларга, келинларга, ёш жувонларга айтиладиган зарур гаплар эканига ишонч ҳосил қиласиз. Китобда хусусан ўзбек аёлларига хос бўлган – зукколик, дилбарлик, фидойижонлик, меҳр ва вафо улашиш, яхшилик излаш, ҳаётсеварлик каби гўзал фазилатларнинг шаклланишида энг масъулиятли ва «қалтис» давр ҳисобланган келинлик даврининг қирралари очиб берилади. “КЕЛИННОМА” Муаллиф: Раҳима Шомансурова Нашр йили: 2013 Тили – ўзбекча, кирилл алифбосида |
|||||
| Maqolani to'liq ko'rish | |||||
| “OLIVER TVISTNING BOSHDAN KECHIRGANLARI” |
| Maqolani o'qishdi: 77 | 25-04-2013, 14:35 | Sharhlar: 0 | Turkim: Yangiliklar | |||||
Angliyaning ovloq shaharlaridan biridagi “Mehnat uyi” — “G‘aribxona”. Taqdir taqozasi bilan bu yerga kelib qolgan yosh va ko‘hlikkina juvonning shu mudhish dargohda ko‘zi yoridi. Bola dunyoga keldi-yu, ona esa olamdan o‘tdi. Sho‘rpeshona go‘dak muhtojlik va qiynoqlar ostida o‘n yoshga to‘ldi. Uni tobutsozga shogirdlikka berdilar. Bola bu yerdagi azob-uqubatlar, haqoratlarga dosh berolmay, boshi oqqan tomonga qarab qochdi. Mana katta London yo‘li, tuguncha ko‘targan, ust-boshi yupun, boshida homiysi, bisotida sariq chaqasi yo‘q so‘qqabosh, qiltiriq bolakay ketib boryapti. “OLIVER TVISTNING BOSHDAN KECHIRGANLARI” Muallif: Charlz Dikkens Nashr yili: 2013 Tili – o‘zbekcha, lotin alifbosida |
|||||
| Maqolani to'liq ko'rish | |||||
| ODAM ANATOMIYASI ATLASI |
| Maqolani o'qishdi: 94 | 25-04-2013, 12:16 | Sharhlar: 0 | Turkim: Yangiliklar | |||||
Hozir tibbiyot institutlari va o‘rta bilim yurtlari zimmasiga bilimdon, hozirgi zamon talablariga to‘la javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlash vazifasi yuklatilgan. Zero talabalar chuqur bilim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni davlat tilidagi o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash maqsadida ilk bor o‘zbek tilida odam anatomiyasi atlasi yaratildi. ODAM ANATOMIYASI ATLASI 2 jildlik Muallif: Ahmedov Nosir Komilovich Nashr yili: 2013 Tili – o‘zbekcha, lotin alifbosida |
|||||
| Maqolani to'liq ko'rish | |||||
| QADIMGI DUNYONING SIR-ASRORLARI |
| Maqolani o'qishdi: 87 | 25-04-2013, 10:49 | Sharhlar: 0 | Turkim: Yangiliklar | |||||
Ushbu kitobda qadimgi davrda mavjud bo‘lgan mamlakat, hudud, shaharlar hamda ulardagi me’moriy yodgorliklarning yaratilish va yo‘q bo‘lib ketishi sirlari haqida hikoya qilinadi. Ko‘pdan-ko‘p bezaklar o‘qilgan narsalarni yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradi. QADIMGI DUNYONING SIR-ASRORLARI Katta yoshdagi maktab bolalari uchun ensiklopediya Nashr yili: 2013 Tili – o‘zbekcha, lotin alifbosida |
|||||
| Maqolani to'liq ko'rish | |||||
| “ИШ ЮРИТИШ” |
| Maqolani o'qishdi: 87 | 24-04-2013, 14:05 | Sharhlar: 0 | Turkim: Yangiliklar | |||||
Ушбу китоб дастлаб 2000 йилда чиққан эди. Шундан сўнг 5 марта қайта нашр этилди. Ўтган давр мобайнида китоб мамлакатимизда ўзбек тилида иш юритишни жорий этилишида катта амалий аҳамиятга эга бўлди. 2012 йилги китобда сўнгги норматив ҳужжатлардан келиб айрим ўзгартиришлар киритилди, баъзи тузатишлар қилинди. Муаллифлар: M. Аминов, А.Мадвалиев, Н.Маҳкамов, Н.Маҳмудов Нашр йили: 2012 |
|||||
| Maqolani to'liq ko'rish | |||||
|
|

2013-yil, " O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyotining nashr rejasi

Hurmatli mehmon sizga O'zME nashrlaridan biri maqul kelgan bo'lsa siz saytimizdan harid qilish formasini to'ldirishingiz mumkin! va biz sizga tez orada javob beramiz!
| Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
|---|---|---|---|---|---|---|


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori
2013/2014 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori
2013/2014 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida.
Prezident Islom Karimov Latviya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichsni qabul qildi
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 16-may kuni Oqsaroyda Latviya
Respublikasi tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichsni qabul qildi.
O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqiyatlari, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatiga bag’ishlandi
Budapeshtda O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy muvaffaqiyatlari,
sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatiga bag’ishlangan brifing bo’lib o’tdi.
O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqiyatlari, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatiga bag’ishlandi
Budapeshtda O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy muvaffaqiyatlari,
sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatiga bag’ishlangan brifing bo’lib o’tdi.
Yangiliklar «Жахон» axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan